Andijon davlat tibbiyot institutida 1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Unda viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva, institut Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, Yuqumli kasalliklar kafedrasi oʻqituvchisi M.Poʻlatov ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar OIV va OITS, uning yuqish yoʻllari, mazkur infeksiyalarning tarqalishiga qarshi yurtimizda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, kasalliklarni oldini olishda aholi oʻrtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida maʼlumot berib oʻtdilar.
Bildirilgan fikr-mulohazalardan soʻng talabalar mavzu borasidagi savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.