alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI ZAMONAVIY TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’TKAZILMOQDA

15:50 02.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Ginekologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va mahorat darslari boshlandi.

 

Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so’zi bilan ochib berdi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig’i S.Ubaydullayeva hamda Ural davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri T.Oboskalova tabrik so’zlari bilan ishtirok etishdi.

Shundan so’ng, instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov tomonidan olib borilgan Plenar kengashda soha mutaxassislari tomonidan 13 ta maʼruza tinglovchilarga taqdim etildi. Anjumanda ma’ruzachilar gibrid (online/offline) shaklda qatnashdilar.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari ikkita seksiya va “Yosh olimlar” guruhiga bo’lingan holda o’z ma’ruzalarini tinglovchilarga taqdim etmoqdalar.  Ularda jami 59 ta ma’ruza o’qilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda o’zbekistonlik ma’ruzachilar bilan bir qatorda Rossiya, AQSH,  Hindiston, Eron, Ukraina, Buyuk Britaniya, Belarus, Belgiya va Qirg’izistondan kelgan soha mutaxassislari ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!