Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi, Boshqirdiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiseti, Akademik Y.X.To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy Endokrinologiya markazi, Sankt-Peterburgdagi Mechnikov nomli shimoliy janubiy davlat tibbiyot universiteti, O`zbekiston diabetologlar va endokrinologlar assotsiatsiyasi, Neyroimmunoendokrinologiyani o`rganish asstosiatsiyasi hamkorligida “Endokrin andrologiya va ginekologiyani aktual savollari”, “Zamonavoy endokrinologiya va diabetologiyaning yutuqlari” mavzularida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.
Online tarzda 2 kun mobaynida o`tkazilgan konferensiyada yuqoridagi oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq mavzuga doir ma’ruzalar o`qildi. Ma’ruza davomida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova so’z olib, «Surunkali yurak yetishmovchiligi assotsiatsiyalangan qandli diabet 2 tipida gormonal va genetik markyorlar» mavzusida tinglovchilarga ma’lumot berdi. Shuningdek, konferensiyada Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasining barcha hodimlari, magistr va ordinatorlar va 50 dan ziyod soha mutaxassislari ishtirok etdi.