2022/2023-o‘quv yili uchun Respublika Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Quvonchlisi ular orasida Andijon davlat tibbiyot institutining 5 nafar iqtidorli talabalari ham bor!
Ular bilan tanishing:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi finalisti – Abdullayev Shaxzodbek Oybek o‘g‘li – Oftalmologiya yo‘nalishi 3-bosqich magistranti.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi – Abdurashidov Abdurauf Abdurashid o‘g‘li, Pediatriya fakulteti 6-bosqich, 618-guruh talabasi.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi – Qo‘ldasheva Gulshodaxon Qaxramonjon qizi, Pediatriya fakulteti 5-bosqich, 525-guruh talabasi.
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi – Azimov Akmaljon Axmadillayevich, Pediatriya fakulteti 5-bosqich, 526-guruh talabasi.
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sohibi – Tulakov Elbek Oybekovich, Pediatriya fakulteti 5-bosqich, 526-guruh talabasi.
Nomdor stipendiya sohiblari bo’lgan talabalarimizni institut jamaosi va barcha talabalar nomidan samimiy qutlaymiz hamda kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!