alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QISHKI TAʼTIL OLDIDAN TALABALARGA MUNOSIB SOVG‘A TOPSHIRILDI

18:44 26.12.2022

Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalari uchun barpo etilgan 400 o’rinli yangi turar joyning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Zamonaviy ko’rinish va barcha turdagi qulayliklarga ega bo’lgan mazkur talabalar turar  joyi Davlat xususiy sherikchiligi asosida bunyod etildi. “Talabalar uyi” ning ochilish marosimida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etdi va tantanali marosimdan so’ng, inshootning ichki sharoitlari bilan tanishdi hamda talabalar bilan suhbatlashdi.

Mazkur bino 5 qavatdan iborat bo’lib, uning quyi qismidan shirinliklar pishirish imkoniyati va shinam tikuv sexi ham joy olgan. Bu esa talabalarning hunar o’rganish hamda uning ortidan daromad topish imkoniyatini beradi.

Institutda 10 mingga yaqin talabalar tahsil olayotgan bo’lib, ulardan 1800 nafarining yotoqxonaga ehtiyoji bor. Hozirga qadar 1 ming 64 nafar talaba mavjud yotoqxonalarga joylashgan edi. Endilikda “Talabalar uyi” ham o’z bag’riga 400 nafar talabalarni jamlaydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!