Andijon davlat tibbiyot instituti xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda. Xususan, institutning bir guruh talabalari hozirda Belorusning Gomel universitetida xalqaro tibbiyot qishki maktabida qatnashmoqdalar.
Talabalar akademik mobilligi doirasidagi mazkur qishki maktab 1 oy davom etadi. Unda talabalarimiz qishki maktab va o’quv ishlab chiqarish amaliyotlarida qatnashadilar.