Ma’lumki, Koreya Milliy Transport universiteti bilan Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 31-yanvar kuni Koreya Milliy Transport universitetining professorlari Yang Hyunmo, Kim Gyungyong institutimizda bo’ldilar.
Ular bilan institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov uchrashdilar hamda “Parameditsina” qo’shma ta’lim loyihasi doirasida boshlanishi kutilayotgan ishlar haqida muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, mazkur loyihani amalga oshirish uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Bu hamkorlik har ikki oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga, tajriba almashish uchun xizmat qiladi.