alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIR ASRNING IKKI DAHOSI

16:51 07.02.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot resurs markazida so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Andijonimizning buyuk farzandi, davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Bir asrning ikki dahosi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Unda institutning ichki nazorat bo‘limi bosh inspektori A.Qo‘ldashev, Ma’naviyat bo‘limi uslubchilari, Davolash fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar A.Navoiy va Z.M.Boburning hayoti va ijodi, ularning ko‘plab xalqlarning madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotini yaxshilash yo‘lida amalga oshirgan ishlari haqida aytibb o‘tdilar.

Tadbir davomida ayniqsa, “Navoiy va Guli” monologining ARM xodimlari T.Maxmudov va G.Sattarovalar ijrosidagi chiqishi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan ijro etilgan she’r va g‘azallar yig‘ilganlarga ma’naviy ozuqa ulashdi. Tadbir haqiqiy she’rxonlik, g‘azalxonlik mushoirasiga aylanib ketdi.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!