alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PAXTAOBOD TTBga QARASHLI MADANIYAT BO‘LIMIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

21:49 08.02.2023

Bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan  navbatdagi tibbiy ko‘rik Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Madaniyat bo‘limida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda institutning 14 turdagi mutahassisliklardan iborat 18 nafar hodimlari ishtirok etishib,  salomatligi bo‘yicha 3–4-guruhlarga kiritilgan 280 nafar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida 8 nafar bemor uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 82 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassalariga yo‘llanmalar berildi. 45 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi.

Shuningdek, bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.Tibbiy tekshiruvlarda 89 ta UTT va 78 ta EKG va 90 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahati berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!