alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI

13:56 09.02.2023

She’riyat va ijod hech bir soha vakillarini chetlab o‘tmaydi. Andijon davlat tibbiyot institutida mana shunday ijod oshuftalari bir manzilga jam bo‘lib,  Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan badiiy kecha tashkil qildilar.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, dekan o‘rinbosarlari, Axborot resurs markazi va Magistratura bo‘limi xodimlari, magistrantlar, Davolash fakulteti tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar buyuk bobokalonimizning hayoti, avlodlarga qoldirgan boy maʼnaviy merosi haqida aytib o‘tdilar. Shundan so‘ng, ulug‘ siymo xotirasiga bag‘ishlangan videorolik yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

 

Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Bundan ilhomlangan tadbir ishtirokchilari A.Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan o‘qidilar. Tadbir chin ma’noda haqiqiy ijod kechasiga aylandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!