alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN ANDIJONDA MUNOSIB NISHONLANDI

17:52 09.02.2023

Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi Andijon shahrida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbir avvalida viloyat hokimi boshchiligidagi vakillar, navoiyshunos olimlar, korxona, tashkilot, muassasa jamoalari, harbiylar hamda yoshlar tomonidan istirohat bog‘ida qad rostlagan ulug‘ alloma haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, munosib ehtirom ko‘rsatildi.

Dastlab unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha andijonliklarni buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning 582 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etdi. Uning buyuk merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritdi.

Mazkur tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M.Madazimov, prorektorlar, xodimlar va talabalar ham ishtirok etdilar. A.Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!