alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT

20:36 09.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorligida Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarma boshlig‘i O.Yuldashev,  institutning Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov,  O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Do‘stlik” medali sohibi Farid Usmon, Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi mas’ul xodimi N.Morahimova, Andijon viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi O.Meliboyev, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari, faol yoshlar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar Navoiy siymosi uning qalamidan to‘kilgan dur-u, javohir so‘zlar va ularning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdilar. Uning g‘azal va ruboiylaridan o‘qib, izohlarini, ibratli jihatlarini yoshlarga yetkazdilar.

Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda fakultetlarning iqtidorli talabalari tomonidan g‘azallar, qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!