alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Z.M.BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN IJODIY TANLOV O‘TKAZILDI

21:07 13.02.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti tomonidan shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan  “Bobomiz Boburdek seving vatanni” nomli tadbir tashkil qilindi.

Ijodiy bellashuv shaklida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultet dekani Sh.Bozorov hamda fakultetlar dekan o‘rinbosarlari hakamlar hayʼati aʼzolari sifatida ishtirok etdilar.

Dastlab, birinchi prorektor S.Salohiddinov Z.M.Bobur siymosi, ibratli hayot va ijod yo‘li haqida gapirib, bularni barchasini mukammal o‘rganish yoshlarga hayotiy dasturulamal amal bo‘lishini taʼkidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlovga start berildi. Unda Farmatsiya fakulteti 1-bosqich talabalaridan tarkib topgan “Bobur izdoshlari” hamda shu fakultetning 4-bosqich talabalaridan iborat “Ko‘hinur” jamoalari qatnashdilar.

Jamoalar:  tanishtiruv, Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida savol-javob, ifodali o‘qilgan bir g‘azal sharhi, sahna ko‘rinishi, portret chizish  kabi 5 ta shartlarda o‘z iqtidor va bilimlarni namoyish etdilar. Barcha shartlarda talabalar faol ishtirok etib, hakamlarning munosib ballarini o‘zlarining hisoblariga yozdirdilar.

Shuningdek, institutning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Tanlov yakunida “Bobur izdoshlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va institut maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!