alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“AYOL QISMATI” FILMI NAMOYISHI DAVOM ETMOQDA

12:14 22.02.2023

Kino – boshqa sanʼat turlari orasidan insonlarning hayoti, ichki kechinmalari, haqiqatlarini tomoshabinga yetkazib bera olishi bilan ajralib turadi. Unda siz aktyorlar tomonidan jonlantirilgan voqealar, kimningdir qismati orqali o‘z hayotingizdagi ayrim xatolarni ko‘rishingiz va aynan shu xatoni to‘g‘rilash yoki uni qilmaslik imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutining 500 nafar talabalari  ana shunday ijod namunasini ko‘rish maqsadida shahrimizda joylashgan Yoshlar markazida bo‘ldilar. Mazkur manzilda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida “Dilshoh-media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Ayol qismati” kino filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

“Mehr” operatsiyasi doirasida suratga olingan ushbu filmda bir ayolning ayanchli qismati, azob-uqubatlari, vatan sog‘inchi kabi tuyg‘ulari Sojida obrazi orqali yaqqol ifodalab berilgan.  Tomoshabinlar ushbu filmdan maʼnaviy ozuqa oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!