Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish va ularning ayni qobiliyatlarini rag‘batlantirish ularni yanada ruhlantiradi.
Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari o‘rtasida raqs tanlovi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib bergan ushbu tanlovda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi X.Qo‘chqorov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Raqslar tanlovida ishtirokchilar 3 ta nominatsiya boʻyicha tayyorlab kelgan raqslari bilan ishtirok etdilar.
Tanlov yakunida qatnashchilar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlandi.
Unga ko‘ra:
Farmatsiya fakulteti – Milliy raqs yoʻnalishida;
Pediatriya fakulteti – Zamonaviy raqs yoʻnalishida
Davolash va Stomatologiya fakultetlari – Boshqa millat raqsi yoʻnalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblar tanlovning maxsus diplomlari bilan taqdirlandilar.