alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BAHORGA YARASHGAN GO‘ZALLIK BAYRAMI O‘TKAZILDI

23:10 06.03.2023

Bugun, 6-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Doimo e’zozimizdasiz, aziz ayollar!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ayol-xodimalar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlarni chin dildan muborakbod etib, ularning kelgusidagi o‘qish hamda kasbiy faoliyatlarida muvoffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov so‘z olib, 2022-2023-o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan ayol va qizlarimiz, shuningdek, kasaba uyushmasi buyrug‘iga binoan bir qator xodimalar va professor-o‘qituvchilar bayram munosabati bilan taqdirlanganligi hamda barcha ayol xodimalarga institut rahbariyati tomonidan pul mukofoti taqdim etilganligini e’lon qildi.

Tantanavor musiqa sadolari ostida professor-o‘qituvchilar va xodimalarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Shundan so‘ng, bayramning badiiy qismida faol va iqtidorli talabalar tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Sho‘x qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.  Institut talabalaridan tarkib topgan “Yosh gitarachilar” jamoasi ham jonli qo‘shiqlar bilan tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Talabalar tomonidan ayol, ona, bahor tarannum etilgan she’rlarni ijro etilganligi onalarga bo‘lgan mehr va bahor sog‘inchini ifoda etdi. Bayram tadbiri yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar va opa-singillar!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!