alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYAGA MUROSASIZ MUNOSABATDA BO‘LAYLIK” MAVZUSIDA PROFILAKTIK SUHBATLAR O‘TKAZILDI

11:18 13.03.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan  Dermatovenerologiya  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari va talabalari  ishtirokida  profilaktik  suhbatlar  tashkil qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga  O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining  2021-yil  6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi  murosasiz munosabatda  bo‘lish  muhitini  yaratish,  davlat  va jamiyat  boshqaruvida  korrupsiyaviy  omillarni  keskin  kamaytirish va  bunda  jamoatchilik  ishtirokini  kengaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PF-6257 Farmoni   mazmun  mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi  vazifalar,  amalga oshirilayotgan ishlar yoritib  berildi. Taʼlim  tizimini “Korrupsiyasiz sohaga” aylantirish loyihasini  amalga  oshirishda  barcha  professor-o‘qituvchilar,  talaba-yoshlar  faol  ishtirok  etishi  kerakligi  aytib  o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida noqonuniy harakatlarga  yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga  qarshi kurashish  barchaning  vazifasi va unga  birgalikda  kurashish  muhimligi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan so‘ng, talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!