Andijon davlat tibbiyot institutida Stomatologiya fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.Tadjibayeva va tyutorlar tomonidan Navroʻz bayrami munosabati bilan “Yoshlarda shukronalik tuygʻusini shakllantirishda keksalarning o‘rni” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib o‘tdi.
Tadbirda tibbiyot sohasida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent M.Sultonqulova, Vrachlar malakasini oshirish fakulteti, akusher-ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori O.Yakubova hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova va talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda so‘z olgan ustozlar o‘zlarining yillar davomida kasbiy faoliyatda, turli vaziyatlarda sinovdan o‘tgan bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalarga tibbiyot sohasi, uni mukammal egasi bo‘lishda asosan nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida aytib o‘tdilar. Ustozlar o‘z tajribalarini hayotiy misollar yordamida ifodalab berdilar.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ustozlarga murojaat qilib, batafsil javoblarni oldilar. Yakunda mehmonlarga tashkilotchilar tomonidan bahoriy guldastalar taqdim etildi.