alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANI 31-OPda CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL QILINDI

19:53 27.03.2023

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, aholi salomatlik ko‘rsatkichini yaxshilash hamda ko‘p uchrayotgan kasalliklar darajasini kamaytirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan  2023-yil 27-mart kuni Marhamat tuman 31-oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etib,  salomatligi bo‘yicha 3–4-guruhlarga kiritilgan 430 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida 132 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 17 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasi, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassalariga yo‘llanmalar berildi. 38 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy ko‘rik davomida 105 ta UTT va 82 ta EKG, 52 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahatlar berildi.

Shuningdek, aholi tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida institut ko‘ngilli yoshlari tomonidan patronaj hamshiralar bilan birgalikda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish maqsadida xonadonlarga  bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!