alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI

15:06 28.03.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti  Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Tursunov tashabbusi bilan fakultet professor-o‘qituvchilari va Davolash fakulteti talabalari ishtirokida «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Fakultet dekani tomonidan olib borilgan tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda  Biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori A.Ismanova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘z olganlar yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ko‘plab sohalar qatori yoshlar, ularning taʼlim olishlari va tibbiyot sohalariga ham alohida eʼtibor berilgani haqida aytib o‘tdilar. Shuningdek, Bosh Qomusimizning yangi loyihasini tayyorlashda 65% xalqimiz xohish-istaklari, takliflari inobatga olingani bu esa mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarning muhim jihati ekanligi taʼkidladilar.

Qolaversa, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlarga alohida bob ajratilgani, yurtimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol namunasi ekanligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uni mamlakat rivoji hamda insonlarning huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi muhim o‘rni, Referendum o‘tkazish jarayonlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!