Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ishtirokida Farmatsiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda institut rektor maslahatchisi X.Zokirov hamda fakultet dekani Sh.Bozorov ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda inson qadrini ulug‘lash, yoshlar, ta’lim kabi qator sohalarga alohida e’tibor berilganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Referendum jarayonlari, uning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Barcha ishtirokchilarni o‘zlarining va vatanimiz kelajagiga befarq bo‘lmay Referendumda faol qatnashishga chaqirildi. Tadbir ishtirokchilari suhbat davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.