TALABALARNING IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARNING IJARA XONADONLARI O‘RGANILDI

20:02 29.03.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov Davolash fakulteti tyutorlari bilan birgalikda Davolash fakulteti Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3- va 4-bosqich talabalari bilan uchrashdilar.

Unda talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning farovonligiga xizmat qilishi, inson qadrini ulug‘lashga qaratilganligi taʼkidlandi. 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga befarq bo‘lmay faol ishtirok etishga chaqirildi.

Shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savol va takliflar yuzasidan suhbatlashildi.

Skip to content