alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI KOREYALIK HAMKORLAR BILAN IMZOLANGAN MEMORANDUM DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI

19:01 30.03.2023

Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy ishlari va innovatsiyalari bo‘yicha prorektori K.Salahiddinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov va bir guruh vakillari ishtirok etib, Koreyaning bir nechta universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Ulardan biri Koreya Katolik universiteti bo‘lib, ikki OTM o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Bugun, 30-mart kuni memorandumda kelishilgan masalalarni kengroq muhokama qilish va institutimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya Katolik universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi direktori Janob Doo Won Kang tashrif buyurdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi va institutdagi ta’lim jarayonlari, unda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, simulyatsiya markazlari bilan tanishtirdi. Suhbat davomida tomonlar Tibbiyot, Biotexnologiya, Biomedical Injinering yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, talabalar o‘rtasida Akademik mobillik dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishini tashkil etish va institutimizda koreyalik professorlarni ma’ruza hamda mahorat darslarini tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdilar. Shuningdek,  uchrashuvda memorandumga qo‘shimcha ravishda yana bir qancha hujjatlar imzolandi.

Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!