Ma’lumki, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va hokimiyatlar, Oliy ta’lim muassasalari tomonidan to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim (ota-onasiz, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan), imkoniyati cheklangan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorini to‘lab berilmoqda.
Hozirda, Andijon davlat tibbiyot institutida 26 nafar chin yetim (ota-onasiz, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan) talabalar tahsil olmoqda. Ulardan 9 nafari to‘lov-shartnoma asosida o‘qib kelmoqda.
Joriy, 2022-2023-o‘quv yilida ularga jami: 36 075 398 so‘m miqdoridagi shartnoma pullari institut, Yoshlar ishlari agentligi hamda hokimiyat tomonidan to‘lab berildi.