O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 11 nafar talaba 2022–2023-o‘quv yili uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” sohibiga aylandi.
Quvonarlisi, ular qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ham bor.
Ular:
Maxamatjonov Javohir Dilmurod o‘g‘li —Davolash fakulteti 6-bosqich talabasi;
Xabibullayev Javohir Muxibillo o‘g‘li —Davolash fakulteti 6-bosqich talabasi;
Yo‘ldoshev Javohir Iqboljon o‘g‘li —Davolash fakulteti 6-bosqich talabasi;
Muqimjonov Muhammadkarim Murodjon o‘g‘li —Davolash fakulteti 6-bosqich talabasi;
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan qutlaymiz, parvozingiz hamisha baland bo‘lsin aziz talabalar!