alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI TOMONIDAN TALABALARGA ILMIY, HAYOTIY TAJRIBALARGA ASOSLANGAN MAʼRUZA O‘QILDI

22:53 06.04.2023

Shifokorlik – dunyodagi eng murakkab kasblardan biri. Uning masʼuliyati, bemorlar ko‘zidagi ilinjni noumid qilmaslikka astoydil urinish bu chinakkam, matonat va jasorat sohiblarining ishi.

Bu kasb ilmi va sirlarini o‘rgatish ham ikki karra mahorat demakdir. Bugun, 6-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madazimov Madamin Mo‘minovich Davolash fakulteti 3-bosqich talabalariga “Kuyishlar, sovuq urishi, elektrotravma va ularni davolash usullari” mavzusida maʼruza o‘qidi.

Maʼruza zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan, interaktiv usullardan foydalangan holda tashkil qilindi. Unda tananing kuyish darajalari, turlari haqida hayotiy misollar va fotosuratlar yordamida tushuntirib o‘tildi. Birinchi tez tibbiy yordam ko‘satish, kerakli muolajalarni amalga oshirishda eʼtibor berish muhim bo‘lgan jihatlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, sovuq urishi, elektrotravma holatlarida ham aniq va tezkor harakat bilan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, operatsiya turlarini tanlash muhimligi ta’kidlandi.

Maʼruza yakunida mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida institut simulyatsiya markazida, jarrohlik asbob-anjomlaridan foydalanib, amaliy mashg‘ulot o‘tildi. Mashg‘ulot davomida ustoz talabalar bilan birgalikda maʼruzada aytib o‘tilgan tez yordam ko‘rsatish, operatsiya jarayonida chokni noziklik bilan tikish kabi kerakli maslahatlar berib o‘tdi. Ustozning darsidan talabalar juda foydali bilimlar hamda hayotiy amaliy jarayonlar haqida bilib oldilar va institut rektoriga maʼruza hamda amaliy mashg‘ulot uchun minnatdorchilik bildirdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!