alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZ TALABALARI HAR TOMONLAMA QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

22:26 07.04.2023

Bugun, 7-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida bir guruh talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalariga alohida e’tibor berilayotgani haqida aytib o‘tdilar.  Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilayotgani, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyaviy qonun loyihasida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari aks etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, 2022-yil 18-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2022-2024-yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuviga hamda Institut ichki tartib qoidalarining 67-bandiga asosan institutda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, institut rahbariyati tomonidan  institutda tahsil olayotgan 29 nafar talabalarga eng kam oylik ish haqqining 5 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish vaucherlari topshirildi.

Talabalar va ularning ota-onalari bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!