alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALARIMIZ XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI BO‘LDILAR!

14:38 08.04.2023

Joriy yilning 7–8-aprel kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida “Tibbiyot va innovatsiyalar” shiori ostida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Tojikiston hamda respublikamizdan jami 18 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasalari jamoalari tarkibida 200 dan ortiq talabalari ishtirok etdilar.

Ushbu xalqaro olimpiadada Andijon davlat tibbiyot institutining 9 nafar iqtidorli talabalari ham munosib ishtirok etdilar va quyidagi natijalarga erishdilar:

Rustamjon Qobiljonov – “Yuz-jag‘ jarrohligi, xirurgik stomatologiya, travmatologiya” yo‘nalishining mutlaq g‘olibi;

Shoxjahon Abduraxmonov – “Lotin tili va tibbiyot terminologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin;

Bekzodbek Madaminov – “Fiziologiya, patologik fiziologiya va patologik anatomiya yo‘nalishi” bo‘yicha 2-o‘rin;

Fazliddin Qutbiddinov – “Bolalar stomatologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin;

Abdulaziz Dilmurodov – “Terapevtik stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin;

Javohir Abdullayev – “Ortopedik stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin;

Shuningdek, Mohira Jamoliddinova, Oliyaxon Rafiyeva, Muhammadmaʼruf Valiyev o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha “Kuchli bilim egasi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdilar.

Mazkur tanlovda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha faol, intiluvchan, iqtidorli talabalarimizni samimiy qutlagan holda, kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!