alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HINDISTONLIK MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

21:16 10.04.2023

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 8-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida bir guruh hindistonlik malakali shifokorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Hindistonning “Fortis, Noyda” klinikasi mutaxassislari hamda institutimiz vakillari tomonidan o‘zaro tajriba almashish, qator yo‘nalishlarda hamkorliklarni amalga oshirish masalalari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bazasida transplantologiya markazi ochish masalalari muhokama qilingan edi.

Bugun, 10-aprel kuni tomonlar taklif va muhokamalardan so‘ng, hamkorlik kelishuviga erishib, shartnoma imzoladilar.  Xorijlik mutaxassislar buyrak va jigar ko‘chirib o‘tkazishda nafaqat transplantolog jarrohlarni, balki operatsiyaga tayyorlov va operatsiyadan keyingi nazorat jarayonlarini olib boradigan barcha turdagi mutaxassislarni tayyorlashda o‘z tajribalari bilan bo‘lishishlarini aytib o‘tdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!