Bugun, ya’ni 11-aprel kuni 15:00da Andijon davlat tibbiyot institutida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan tadbirga institutning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarni taklif qilamiz.
Tadbir institutning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda, institutning iqtidorli talabalari bilan birga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘limi yakkaxon xonandalari: Javohir Tojiboyev, Azamjon Sultonov, Shahnoza Iskandarova, Muhayyo Tojimatova, Umida Abdurasulovalar ishtirok etadilar.
Mazkur tadbirda, joriy yilning 30-aprel kuni barchamiz umumxalq Referendumida faol ishtirok etishimiz va har birimizning ovoz berishimiz muhimligiga eʼtibor qaratilgan.