alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUTSIYA O‘ZIMIZNIKI» SHIORI OSTIDA KONSERT DASTURI O‘TKAZILDI

17:26 11.04.2023

Bugun, 11-aprel Andijon davlat tibbiyot institutida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostidagi targ‘ibot konsert dasturi  bo‘lib o‘tdi.

Konsertda viloyatimizning taniqli san’atkorlari, institutimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov so‘z olib, Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush-tarzi farovonligiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidladi va joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumga befarq bo‘lmagan holda, mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etish lozimligini taʼkidlab, tadbirni tantanali ochib berdi.

 

Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda iqtidorli talabalarimiz tomonidan bir qator badiiy chiqishlar, tibbiy mavzular va Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga oid tezkor savol-javoblar o‘tkazildi. Respublika hamda xalqaro tanlov va olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan iqtidorli, faol talabalarimiz motivatsion chiqishlar bilan tengdoshlarini o‘z maqsadlari tomon dadil qadam tashlab, faol bo‘lishga hamda yangilanayotgan Konstitutsiyamizga befarq bo‘lmagan holda Referendumda ishtirok etishga chorladilar.

 

 

Konsert dasturi san’atkorlarsiz bo‘lmaydi, albatta. Elimiz suygan san’atkorlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘limi yakkaxon xonandalari hamda institutimiz talabalaridan tarkib topgan “Shou band” jamoasi tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Ular tomonidan ijro etilgan  sho‘x qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raqsga chorladi.

Konsert dasturi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!