Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan»Yoshlar va madaniyat oyligi» doirasida «Konstitutsiya-kelajagimiz poydevori» shiori ostida “Rektor kubogi” uchun «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Oʻyin avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, ularda inson qadrini ulug‘lash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor berilgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi va talaba-yoshlarni umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Institutning «Zakovat» intellektual klubi koordinatori Shoxjahon Abduraxmonov tomonidan olib borilgan o‘yinda 30 ga yaqin jamoa ishtirok etdi. Jamoalarga mantiqiy, faktga oid, bundan tashqari yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarga oid 20 ta savol berildi.
Yakunda
3-oʻrinni esa «Avangard» jamoasi;
2-oʻrinni «Dominant Pro» jamoasi;
1-oʻrinni «Bobur Shokirov» jamoasi egalladi hamda «Rektor kubogi» sohibiga aylandi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlandi.