alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEKSALARNI EʼZOZLASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

22:09 12.04.2023

Yoshi ulug‘larning holidan xabar olishga barchamiz birdek mas’ulmiz. Ulug‘ yoshlar bilan yuzlashib yurgan otaxon va onaxonlarimizning duosini olish, ulardan hayot saboqlarini o‘rganish va duosini olish kishiga yoqimli bir his baxsh etadi.

Joriy yilning, 12-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Davolash fakulteti tyutorlari va 5-bosqich talabalari shahrimizda joylashgan “Saxovat uyi”da yashovchi otaxon va onaxonlarni holidan xabar oldilar.

Ushbu manzilda yoshi ulug‘larni kayfiyatlarini ko‘tarish, vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun badiiy dastur namoyish etildi. Unda iqtidorli talabalarimiz tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar barcha tadbir ishtirokchilarini raqsga chorladi. Barchaning yuzida tabassum jilvalandi.

Tadbir so‘nggida esdalik sovg‘alar ulashildi va “Saxovat uyi”da yashovchi qariyalarimiz talaba-yoshlarimizni baxtli, omadli, o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarini aytib, duo qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!