alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV TASHKIL QILINDI

23:15 12.04.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida ota-onalar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida  yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, Andijon shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari D.Raxmonov, Andijon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari B.Arslonov, institut Profilaktika inspektori J.Xo‘jayev, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va institutda tahsil olayotgan  talabalarning ota-onalariga farzandarining odob-axloqi, kiyinish madaniyatiga rioya qilishi yuzasidan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar haqida aytib o‘tdi. Qolaversa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 24-mart 2022-yildagi  88-sonli Qaroriga binoan, institut rektorining 160-T sonli buyrug‘ida belgilangan tartibga, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari haqida taʼkidladi.

Shundan so‘ng, so‘z olganlar, terrorizm, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni oldini olish masalasi bugungi globallashuv davrining eng yirik muammolaridan ekanligi haqida aytib o‘tdilar. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan jinoyatlarda yoshlarning ishtiroki kam emasligi sababli ota-onalarga jamoatchilik kengashi vakillari sifatida nazoratni kuchaytirish kerakligi haqida murojaat qildilar. Shuningdek, korrupsion hamda giyohvand moddalar bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘z navbatida, talabalarning ota-onalaridan vakil so‘zga chiqib, institut tomonidan talabalarga  yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!