alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAYOHATLAR MASUMIDA OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV

23:53 12.04.2023

Bahor fasli keldi deguncha, sayohatlar mavsumi ochilishni boshlaydi. Albatta, qahraton qishning sovuq kunlaridan so‘ng, kishilar bepoyon va betakror manzillarda dam olgisi keladi. Andijon davlat tibbiyot instituti ham bu masalaga befarq emas.


Joriy yilning, 12-aprel kuni ichki turizmni rivojlantirish maqsadida institutda Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ular bilan Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova uchrashdilar.


Unda ota-onalarga institutning o‘quv binolari, talabalar turar joylari, ularda talabalarimiz uchun yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirildi. Shu bilan birga viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, muqaddas qadamjolari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sayohatlar mavsumi boshlangan bir paytda viloyatimizning so‘lim, obod va betakror manzillarida oilalari bilan birga sayohatga kelishlari va go‘zalliklardan bahramand bo‘lishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!