alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FARMATSIYA FAKULTETI 2-BOSQICH TALABALARINING OTA-ONALARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17:48 13.04.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabalarining ota-onalari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Profilaktika inspektori J.Xo‘jayev, fakultet dekani Sh.Bozorov hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi va tarbiya masalalari muhokama qilindi. Ota-onalar talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar  bilan tanishtirildi. Shuningdek, farzandlarining institutdagi reyting ko‘rsatkichlari haqida to‘liq ma’lumot va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Qolaversa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda ota-onalar ham befarq bo‘lmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlar masalalari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor berilayotgani haqida ma’lumotlar berildi.

Yakunda o‘qish va ko‘rik-tanlovlar, ma’naviy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!