Joriy yilning 13-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati M.Adxamjonova hamda Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan «Biz befarq emasmiz» shiori ostida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida M.Adxamjonova bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim va mahalla sohasiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson qadrini ulug‘lash, ularning huquq va erkinliklarini qonun doirasida mustahkamlashga alohida e’tibor berilayotganligi haqida aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, so‘z olgan institut psixologi O‘.Arziqulov O‘zbekistonda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar shart-sharoitlar hususan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiznining 51-moddasida «Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli» jumlalarini taʼkidlab, Referendum jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.