alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O‘ZBEKISTON-HINDISTON TIBBIYOT” FORUMI DOIRASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

20:58 13.04.2023

Joriy yilning 13-15-aprel kunlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston-Hindiston tibbiyot forumi” ga start berildi. Forumning tantanali ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov ishtirok etib, har yili 200 dan ortiq mutaxassislarimiz Hindistonning yetakchi klinikalarida malaka oshirib qaytayotganiligi, ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar hamda tibbiy ta’lim bo‘yicha hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur forumda Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Saloxiddinov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov ishtirok etmoqdalar. Forumning ilk kunida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda “Dr.D.Y.Patil” universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Xalq tabobati yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, Transplantologiya sohasini rivojlantirish kabi masalalarda hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!