“Salomatlik – tuman boylik”-deydi, dono xalqimiz. Darhaqiqat, salomatlikni asrash va uni oldini olish muhim hisoblanadi. Ayni shu maqsadda, joriy yilning 14-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy ko‘rik Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 12-oilaviy poliklinikasida o‘tkazildi.
Unda institutning 14 nafar malakali mutaxassislari tomonidan “Axtachi”, “Devatagi”, “Obod”, “Otish” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 405 nafar aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘riklar davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli yordam hamda bepul dori-darmon bilan ta’minlandi.
Shuningdek, 7 nafar bemorlarga viloyat va 12 nafariga tuman tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 68 ta UTT va 52 ta EKG va 42 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahati berildi.