alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORINING XIZMAT SAFARI AGRADA DAVOM ETMOQDA

23:31 14.04.2023

Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov 13-aprel kuni Agra shahrida bo‘lib, Hindistonning eng katta klinikalar tarmog‘i “Apollo” klinikasining Agradagi filialida bo‘ldi.

Unda ushbu klinikadagi sharoitlar va bu yerda o‘tkaziladigan operatsiyalar turlari, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan tanishdi. Qolaversa, klinikaning tibbiy turizmni rivojlantirishdagi strategiyasini o‘rgandi. Shu bilan birga «Apollo» klinikasi bosh shifokori va Agra Vrachlar assotsatsiyasi sobiq prezidenti Dr.Sudiv Dakra hamda pediatr vrach, Agra vrachlar assotsiatsiyasi prezidenti Dr. O.P Yadav bilan uchrashuvlar o’tkazdilar.

Ma’lumot uchun, “Apollo” Hindistonning birinchi raqamli klinikasi bo‘lib, har yili juda ko‘p sonli xorijdan kelgan bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi hamda zamonaviy tibbiyot uskuna va jihozlari bilan ta’minlangan.

Shundan so‘ng, institut rektori Agra shahri Vrachlar assotsatsiyasi yig‘ilishida bo‘lib, O‘zbekistondagi tibbiy ta’lim va tibbiyotdagi islohatlar, bu borada Hindiston davlati bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim turizmi, mutaxassislar tayyorlash, tajriba almashish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!