Andijon davlat tibbiyot instituti moddiy-texnika bazasini boyitish va taʼlim sifatini yanada oshirish maqsadida, institutdagi “Simulyatsion o‘quv markazi”ga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 1,38 milliard so‘mlik yangi simulyatsion jihozlar olib kelindi.
Ular oftalmologiya, terapiya, hamshiralik ishi, kardiologiya, neyrojarrohlik, travmatologiya, jarrohlik va endojarrohlik mutaxassisliklari bo‘yicha yangi robot va simulyatorlar, trenajyorlar hamda ularning sarf materiallaridir.
Olib kelingan ushbu jihozlar hamkor xorijiy muhandislar tomonidan markazga o‘rnatildi va tegishli mutaxassis tomonidan professor-o‘qituvchilarga ularni qo‘llanilishi bo‘yicha trening o‘tkazildi.
Ushbu jihozlar talabalarning mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarni yanada puxta o‘zlashtirishlari va uni amaliyot bilan bog‘lashlari imkoniyatini oshiradi.