alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI HINDISTONLIK TALABALARIMIZNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI

16:47 16.04.2023

Maʼlumki, ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonning qator shaharlarida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, u yerda institutning vakolatxonalarini ochish jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, bugun16- aprel kuni Kerala shtatining Balaram Pura shahrida bo‘lib, u yerdagi Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan Hindistonlik talabalarning ota-onalari va qarindoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalarning o‘qish, yashash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun institutda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha maxsus taqdimot  o‘tkazildi.

Shuningdek, ota-onlarni qiziqtirgan savollarga institut rektori atroflicha javob berdi. Jarayonni tasvirga olgan mahalliy OAV va televideniyega O‘zbekiston, Andijon va institut haqida intervyu berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!