alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HINDISTON SAFARI: PUNE SHAHRIDAGI IKKI OTM REKTORLARI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVLARI O‘TKAZILDI

21:17 17.04.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov bugun, 17-aprel kuni Hindiston safari doirasida Maharashtra shtatining Pune shahrida joylashgan Dr.D.Y.Patil University (De Vay Patel universiteti) ga tashrif buyurdi.

Ushbu universitetda turli kasalliklar diagnostikasi va yuqori texnologik operatsiyalar yordamida davolash usullari hamda u yerdagi “Ayuverdi” davolash markazida bo‘lib, uning faoliyati, talabalarning o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida universitet rektori, professor P.D.Patil, prorektori professor N.J.Pavar bilan kelgusida yuqori texnologik davolash usullari bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislarini ushbu klinikada malakasini oshirish, Ayurverdi yo‘nalishida qo‘shma taʼlim dasturi ochish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

Shu bilan birga institut rektori Pune shahridagi MIT Art Design and Technology University (MIT san’at, dizayn va texnologiya universiteti)ning rektori, professor Dr. Mangesh T.Karad bilan uchrashdi.

Mazkur universitetda dizayn, dengiz injineringi, jurnalistika, mexanika, menejment, turizm va mehmonxona menejmenti kabi yo‘nalishlar qatorida tibbiy bioinjnering yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, ayni shu sohada ADTI va ushbu universitet o‘rtasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.

Hamkorlik uchrashuvlaridan so‘ng, mezbonlar madaniy hordiq olishlari uchun mehmonlarni mashhur hind aktyori Raj Kapur muzeyiga taklif etib, afsonaviy aktyorning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!