alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK MUTAXASSISLAR TALABALARGA NAZARIY VA AMALIY DARSLAR O‘TISHNI BOSHLADI

13:02 25.04.2023

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasi Stavropol  davlat tibbiyot universiteti Ortopedik stomatologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Y.A.Vakushina va kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi A.Y.Bragin tashrif buyurdilar.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan institutda Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida Stomatologiya fakultetining 4-5-bosqich talabalariga mutaxassislik fanlaridan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi boshlandi. Darslar 5-mayga qadar davom etadi.

Shuningdek, tashrif davomida ilmiy-amaliy anjuman hamda mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!