alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“EL ARDOQLAGAN SHOIR” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

16:46 26.04.2023

26-aprel xalqimizning ardoqli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad  Yusuf tavallud topgan kun. Ushbu sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “El ardoqlagan shoir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, shoirning ijodga baxshida umri, vatanga bo‘lgan muhabbatini go‘zal satrlarda ifodalagani haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida institutning O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi o‘zbek tili o‘qituvchisi M.Otaxonova maʼlumotlar berib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalarimiz tomonidan shoirning ijodiga mansub sheʼrlar mahorat bilan ijro etildi. Uning sheʼrlari asosida kuylangan qo‘shiqlar talaba-yoshlar talqinida yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi va tomoshabinlar ham qo‘shiqlarga jo‘r bo‘ldilar.

Buyuk ajdodlarimizning siymolari gavdalantirilgan sahna ko‘rinishlari esa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!