alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABA-QIZLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

22:50 27.04.2023

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlari uchun Andijon davlat tibbiyot institutida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning 27-aprel kuni institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda so‘z olgan kengash raisi G.Xolmatova mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Qolaversa, odob-axloq, kiyinish madaniyati kabi masalalarda ham kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi masalalarga alohida to‘xtalib, talaba-qizlarga foydali bo‘lgan maslahatlar berildi. Boisi ushbu qoidalarga amal qilish turli kasalliklarni oldini olish va immunitetni ko‘tarishga xizmat qiladi.

Davra suhbatidan so‘ng, institutda faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon” klubini yanada kengaytirish, yangi to‘garaklarni qo‘shish yuzasidan, talabalarga yana qaysi hunar turlari qiziqligi ular bilan yakka tartibda uchrashish davomida o‘rganildi. Chevarchilik to‘garagida olib borilayotgan ishlar va qizlarning ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!