alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZ VAKILLARI KOREYANING “JEUNG PYEONG” O‘T O‘CHIRISH MARKAZI BILAN TANISHDILAR

13:05 28.04.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Koreya milliy transport universiteti (KNUT) hamkorlikda tibbiyot sohasidagi ilk innovatsion loyiha bo‘lgan “Parameditsina” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasini imzolagan edi.

Ushbu loyiha doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari joriy yilning 24-apreldan 3-mayga qadar “Tibbiyotda innovatsion simulyatsion ta’lim” loyihasi asosida Koreya milliy transport universitetida stajirovka o‘tamoqdalar.

Delegatsiya a’zolarining navbatdagi manzili Koreyadagi Respublika bellashuvida birinchi o‘rinda turuvchi “Jeung Pyeong” o‘t o‘chirish markazi bo‘ldi. U yerda o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam Parameditsina xodimlari bilan suhbatlashdilar. Ularning jihozlangan mashinalari bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kelajakda nafaqat tez tibbiy yordam bo‘yicha balki o‘t o‘chirish sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!