alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“UNIVERSIADA-2022” STRITBOL SPORT TURI BO‘YICHA FINAL MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

21:16 28.04.2023

Joriy yilning, 27–28-aprel kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining sport zalida “Universiada-2022” Stritbol sport turi bo‘yicha final musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlangan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan 14 ta jamoalar ishtirok etdi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida  Andijon viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘.Toshpo‘latov, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat universiteti, Andijon chet tillari institutlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari ishtirok etdilar.

Yakuniy hisob bo‘yicha, yigitlar o‘rtasida:

1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2-o‘rinni Toshkent viloyati;

3-o‘rinni Toshkent shahri yoshlaridan tarkib topgan jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rinni Farg‘ona viloyati;

2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

3-o‘rinni Namangan viloyati jamoalari g‘alabaga erishdilar.

Barcha g‘olib jamoalar  O‘zbekiston Respublikasi Talabalar sport assosiatsiyasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!