Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Institut rektori M.Madazimov rahbarligida o‘tgan mazkur yig‘ilishda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda dastlab, milliy hamda xalqaro ko‘rik-tanlov va olimpiadalar g‘olibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi.
Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Z.Mamajonovning “2021-2022-o‘quv yilida institutda bajarilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari” to‘g‘risidagi hisoboti o‘qib eshittirildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Viloyat hokimligi delegatsiyasi tarkibida institut rektorining Hindiston davlatiga safari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Dehli shahrida 2ta, Balarampur shahrida 1 vakolatli ofislari ochilishi va institut rektori tomonidan vakolatxonalar rahbarlariga ishonch yorliqlari topshirilgani hamda ko‘plab hamkorlik kelishuvlariga erishilgani haqida aytib o‘tildi.
Qolaversa, ilmiy kengash yig‘ilishi kun tartibidan tanlov asosida saylov va turli masalalar joy oldi.
Yig‘ilish davomida hisobotlar tinglanib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.