alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING JANUBIY KOREYADA VAKOLATLI OFISI OCHILDI

13:38 01.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining xorijiy davlatlar xususan, Janubiy Koreya davlati bilan hamkorligi nafaqat qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida balki, talabalarni institutga  jalb qilishda ham rivojlanib bormoqda.  Hozirgi kunda institutda Janubiy Koreya davlatidan kelgan 30 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda, bu esa Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bugun, 1-may kuni institut rektori M.Madazimov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov tomonidan Janubiy Koreya Respublikasining eng nufuzli tumanlaridan biri hisoblangan Gangnam-guda Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy ofisi ochildi.

Ushbu tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!